Pekinda so‘nggi 42 yildagi eng past harorat qayd etildi

Olam

image

Xitoy poytaxti Pekin shimoli-g‘arbidagi "Foyedin" meteostansiyasi stansiya ish boshlagan 1978 yildan beri dekabr oyidagi eng past haroratni qayd etdi. Termometr Selsiy bo‘yicha minus 26,4 darajagacha tushdi. Bu haqda Xitoy poytaxtining meteorologik idorasiga tayanib xabar berilgan. 

"Foyedin" Pekindagi barcha meteorologik stansiyalardan yuqorida, ya’ni, 1224,7 metr balandlikda joylashgan. 

Meteostansiya shaharga kirib kelayotgan sovuq oqimni eng birinchi aniqlagan. 

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumotlar Xitoy poytaxtida qisqa muddatli ob-havo prognozlari uchun juda muhimdir. 

Ma’lumot o‘rnida, dekabr oyi uchun avvalgi rekord harorat ko‘rsatkichi 2018 yilning 21 dekabrida o‘rnatilgan. O‘shanda termometr Selsiy bo‘yicha minus 25,4 darajaga tushgan.

Avvalroq, kelayotgan 2021 yilda dunyoda ob-havo oldingi yillarga qaraganda sovuqroq bo‘lishi mumkinligi haqida aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pekin

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing