“Delfin” sababli Pekinda ommaviy evakuatsiya boshlandi

Olam

image

“Delfin” tayfuni sababli Pekinda ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi. Sinoptiklar Xitoy poytaxtiga rekord darajada yog‘ingarchilik yog‘ishini prognoz qilishmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pekinda minglab odamlar suv toshqini va ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan. Chunki “Delfin” tayfuni sababli Xitoyning shimoliy va markaziy qismlarida kuchli jala quymoqda.

Sinoptiklar yaqin 24 soat ichida Xitoy poytaxtiga 150 millimetrdan ortiq yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi, ba’zi hududlarda esa 200 millimetrdan ortiq yog‘ishi prognozi qilinmoqda. Bu Pekinning yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorining (528 mm) uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Bugun, 12 avgust kuni Pekinda jala yog‘ingarchiligi bo‘yicha xavfning ikkinchi darajasi hisoblangan “za’faron” ogohlantirish e’lon qilingan.

Xabar qilinishicha, “Delfin” tayfuni Chjetszyan provinsiyasidagi qishloqlar va qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv ostida qoldirgan.

Pekin hokimiyati yuzlab sayyohlik maskanlari va kempinglarni yopgan, 1300 dan ortiq sayyohlar evakuatsiya qilingan yoki ularning shaharga kirishi taqiqlangan.

Bundan tashqari, 5 mingga yaqin keksa yoshli insonlar qariyalar uylaridan ko‘chirilgan, tog‘li yoki suv bo‘yi hududlaridagi qurilish maydonchalari yaqinida yashovchi 1800 ga yaqin kishi ham evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Delfin” tayfuni Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga yetib kelgani – ofat aholi zich joylashgan hududlarga yopirilgani haqida meteorologiya xizmati ma’lum qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing