Pedagog xodimlarning tarif stavkalari va lavozim maoshlari oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 mayidan boshlab pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari oshirilgani aks etgan hujjat nusxasi internetga sizdirildi. QALAMPIR.UZ ushbu hujjatning haqiqiyligini aniqlash maqsadida unda ko‘rsatilgan bir necha vazirliklar bilan bog‘landi.

Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati ushbu hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqladi.

Maktab va makatabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ushbu hujjatdagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmon ijrosi ekanligini ta’kidladi. Biroq unda ko‘rsatilgan maosh miqdorlari to‘g‘riligi bo‘yicha aniq ma’lumot bermadi.

E’lon qilingan qaror matnida aks etishicha, joriy yilning 1 mayidan maktabgacha va maktab ta’limi, madaniyat va sport muassasalari pedagog va rahbar xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan.

Quyidagi ro‘yxatda oshirilgan bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar – O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek, ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan, pensiyalar va nafaqalar miqdorlarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar – Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pedagog xodimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing