Paulo Fonseka 9 oyga futboldan chetlatildi

Sport

image

“Lion” klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseka Liga 1 24-turi doirasida “Brest”ga qarshi o‘yindagi harakatlari sabab 2025 yilning 30 noyabrigacha diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu o‘yinning oxirgi daqiqalarida hakam Benua Milo “Lion” darvozasiga ehtimoliy penalti belgilash uchun VAR'da takroriy lavhani ko‘rishga yo‘l oldi. Bu holat portugaliyalik murabbiyga yoqmadi va Paulu hakamga baqira boshladi. Referi mutaxassisga qizil kartochka ko‘rsatish uchun uning oldiga kelganida ham Fonseka tinchlangani yo‘q. Oqibatda, murabbiy va hakam to‘qnashib ketishiga sal qoldi. Keyinroq Fonseka bu harakatlari uchun uzr so‘radi. Biroq Paulu 9 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Murabbiy 15 sentyabrga qadar jamoaning kiyinish xonasiga ham kiritilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik mutaxassis 2025 yilning 31 yanvarida “Lion” klubi bosh murabbiyiga aylangan edi. “Lion” ayni damga kelib, Fransiya chempionati turnir jadvalida 24 turdan so‘ng 39 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni band etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lion Liga 1 Brest Paulo Fonseka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing