Benzema sobiq klubiga qaytishi mumkin
Sport
−
03 yanvar
7561“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Saudiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda“Todofichajes” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, forvard “Lion”ga qaytishi mumkin. Fransiya klubi rahbariyati allaqachon mazkur transfer ustida ish boshlagan.
Benzema ham faoliyatini “Lion”da yakunlashga qarshi emas.
Ta’kidlash joiz, hujumchi professional futbolga dastlabki qadamini aynan “Lion” klubida tashlagan.
Karim Benzema 2023 yilning yozida erkin agent sifatida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi “Al-Ittihod” safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, forvardning taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi