“Old Trafforddagi drama”. MYU yarim finalga yo‘l oldi

Sport

image

18 aprelga o‘tar kechasi Yevropa ligasi chorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar orasida eng dramatik o‘tgan bahsda “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Lion”ni qabul qildi va 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 10-daqiqasida MYU futbolchisi Ugarte hisobni ochdi. Birinchi taymning oxirida Diogo Dalot oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taymda Tolisso va Talyafiko gol urib, hisob 2:2 ko‘rinish oldi. Asosiy vaqt jangovar durang bilan tugadi. Navbat ekstra-taymlarga. Qo‘shimcha 15 daqiqalikning birinchisida Sherki va Lyakazet gol urdi va mehmonlar hisobda oldinga chiqib oldi. 114-daqiqada Fernandesh, 120-daqiqada Maino va 120+1 daqiqada Xarri Maguayr gol urib, jamoasining irodali g‘alabasini ta’minladi. Yakuniy hisob 5:4 va MYU yarim finalga yo‘l oldi. 

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 7:6 hisobida g‘alaba qozongan “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi yarim finalida “Atletik Bilbao”ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o‘yin 1 may, javob o‘yini 8 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Evropa ligasi Lion chorak final javob o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing