Yevropa ligasi pley-off bosqichiga chiqqan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10:21 476 1 daqiqa
Kecha, 29 yanvar kuni Yevropa ligasi 8-tur uchrashuvlari yakunlandi. Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra pley-off bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi.
Umumiy guruh yakuniy holatiga ko‘ra, “Lion”, “Aston Villa”, “Midtyullann”, “Betis”, “Portu”, “Braga”, “Frayburg” va “Roma” jamoalari to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropa ligasining 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi.
9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa 1/8 finalga chiqish uchun pley-off bosqichida bahs olib boradi.

Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bugun, 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlangandan keyin “Arsenal”, “Bavariya”, “Liverpul”, “Tottenxem”, “Barselona”, “Chelsi”, “Sporting”, “Manchester Siti” jamoalari 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan edi
Live
Barchasi