Superkompyuter Yevropa ligasi favoritini aniqladi
Sport
−
11:09 559 1 daqiqa
Turnirning umumiy bosqichi yakunlanganidan so‘ng Opta superkompyuteri Yevropa ligasi natijalari bo‘yicha o‘z bashoratlarini yangiladi. Unda Angliyaning “Aston Villa” jamoasi turnirning asosiy favoriti deb qaralmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, “Aston Villa” Yevropa ligasi kubogi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Unai Emeri boshchiligidagi jamoaning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 44 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich eng yaqin ta’qibchilarnikidan qariyb to‘rt barobar yuqori.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 10,1 foizlik imkoniyat bilan “Roma” egallagan. Uchinchi pog‘onada “Portu” (9,3%) qayd etilgan. Kuchli beshlikni “Lion” (7,5%) va “Nottingem Forest” (5,3%) yakunlab bergan. Qolgan jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimoli 5 foizdan past deb baholangan.
Shuningdek, Opta’ning TOP-10 bashoratlari qatoriga “Shtutgart”, “Braga”, “Betis”, “Frayburg” va “Midtyulland” klublari ham kiritilgan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, “Aston Villa”ning pley-off bosqichidagi yuqori foiz ko‘rsatkichi kam uchraydigan holat bo‘lib, jamoaning umumiy bosqich davomidagi barqaror o‘yinini yaqqol aks ettiradi.
Live
Barchasi