“Milan”ga yangi murabbiy tayinlandi
Sport
−
13 iyun 2024 5490 1 daqiqa
Portugaliyalik mutaxassis Paulo Fonseka “Milan” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar uch yil muddatga shartnoma imzolagan. Fonseka “Milan”da yiliga 3,5 million yevro maosh oladi.
“Milan” Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi ustozi Marselo Galyardoga ham qiziqish bildirayotgandi, biroq yakunda Fonseka murabbiylik postiga olib kelindi.
Fonsekaning avvalgi ish joyi Fransiyaning “Lill” klubi bo‘lib, mutaxassis 2022 yildan beri Fransiya klubini boshqarib kelayotgandi. Fonseka boshchiligida “Lill” Liga 1 ning so‘nggi mavsumida 59 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi. Bungacha portugaliyalik mutaxassis Italiyaning “Roma”, Ukrainaning “Shaxtyor” va Portugaliya chempionatining bir qancha jamoalarini ham boshqargan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr