Pastdarg‘omga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Bildirilishicha, tuman hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan. 2023 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Vahobjon Abdug‘aniyevich Murodqobilov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sherzod Shuhratovich Rahmonov nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Rahmonov 1991 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sherbek Erkinovich Bo‘ronov Narpay tumaniga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Pastdarg'om Sherzod Rahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing