Pasxaliklar Amerikani Kolumbdan ancha oldin kashf qilgan – tadqiqot

Olam

image

Daniyalik, shveysariyalik va boshqa bir qator xalqaro olimlar guruhi Pasxa oroli nomi bilan mashhur bo‘lgan Rapa-Nui oroli aholisining genetik tadqiqotini o‘tkazdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, Rapa-Nui xalqi Amerikaga sayohat qilgan va uning tub aholisi bilan qit’a yevropaliklar tomonidan kashf etilishidan ancha oldin aloqada bo‘lgan. Bu haqdagi tadqiqot “Nature” ilmiy jurnalida chop etildi.

Nashrning yozishicha, olimlar jamoasi Parijdagi Musée de l’Homme muzeyida saqlanadigan 15 nafar Rapa-Nui xalqining DNKsidan foydalangan. Tahlil natijasiga ko‘ra, orol genofondining qariyb 10 foizi asli amerikaliklarga tegishli.

“Biz kelib chiqishi amerikalik Rapa-Nui DNKsining polineziya genetik fonida qanday taqsimlanganini o‘rgandik. Bu taqsimot XIII-XV asrlar oralig‘ida sodir bo‘lgan aloqaga to‘g‘ri keladi”, deb ta’kidladi ilmiy ish mualliflaridan biri, Kopengagen universitetining geogenetika bo‘yicha mutaxassisi Viktor Moreno.

Qayd etilishicha, bu Pasxa orolidagi polineziyaliklar 1492 yilda Amerika qit’asiga qadam qo‘ygan Xristofor Kolumb ekspeditsiyasidan kamida 100 yil oldin qit’ada bo‘lganini anglatadi. Olimlar, shuningdek, Pasxa oroli aholisining inqirozi haqidagi uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan nazariyani rad etdi. Unga ko‘ra, Rapa-Nui xalqi mavjud bo‘lgan barcha tabiiy resurslardan foydalangan. Bu ocharchilik, urushlar va hatto kannibalizmga olib kelgan va aborigenlarning halokatli tarzda yo‘qolishiga olib kelgan.

Ma’lumot uchun, Pasxa oroli Tinch okeanida, eng yaqin aholi yashaydigan Polineziya orolidan 1900 km sharqda va Janubiy Amerika qirg‘oqlaridan 3700 km uzoqlikda joylashgan. Bugungi kunda ushbu orolga Chili egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Pasxa Amerika Kolumb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing