Pensilvaniyada otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
17:57 1270 1 daqiqa
Bugun, 10 oktyabr kuni Amerikaning Pensilvaniya shtatida sodir bo‘lgan otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib, CBS telekanalining mahalliy filiali KBTX xabar berdi.
Otishma aholi xonadonida yuz bergani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola va bir homilador ayol bor. Voqea bugun, 9 oktyabr kuni Eri shahrida sodir bo‘lgan. Dastlabki o‘q ovozidan so‘ng politsiya xonadon yaqinida ikki nafar jarohatlangan ayolni topgan.
Gumonlanuvchi uy ichida yashiringan va voqea joyiga SWAT maxsus bo‘linmasi yuborilgan. Kuch tuzilmalari binoga kirganda bir nechta kishining murdasini, jumladan, jinoyatchining murdasini ham topgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi hodisadan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
Hujumga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shahrida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) agentlari maxsus amaliyot vaqtida mashina ichida 5 yoshli bola bo‘lgan erkakni otib, yaralagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi