Pashinyan “Rossiyaga qarshi isteriyani qamchilaganlik”da ayblandi
Olam
−
21 mart 2023
4841Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda Rossiyaga qarshi kayfiyatni kuchaytirmoqda. Bu haqda bugun, 21 mart kuni sobiq prezident Robert Kocharyanning “Armaniston” fraksiyasi deputati Andranik Tevanyan parlamentdagi chiqishida ma’lum qildi.
“Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni Armaniston-Rossiya munosabatlari yana yomonlashayotgani, Armanistonda birinchi shaxs darajasida (Bosh vazir Nikol Pashinyan) aksilrossiya isteriyasi avj olayotgani ilhomlantirdi”, deydi armanistonlik deputat.
Bugun, 21 mart kuni muxolifat parlament bayonoti loyihasini ishlab chiqqan va unda Nikol Pashinyan, Ilhom Aliyev, Fransiya yetakchisi Emanuel Makron va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishelning qo‘shma bayonotida Yerevan va Baku 1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishi Ozarbayjonga Lochin koridorini blokirovka qilishga ruxsat berishi ta’kidlangan. Biroq Nikol Pashinyanning “Fuqarolik shartnomasi” fraksiyasi loyiha bo‘yicha ovoz berishda qatnashmagach, u parlament majlisi kun tartibiga kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, 20 yanvar kuni Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Varujan Nersesyan “Times” radiosiga bergan intervyusida Yerevan Rossiyaning Ozarbayjon harakatlariga munosabatidan qanoatlanmasligini, chunki u Moskvadan KXSHT doirasidagi aniq yordam choralariga umid qilishini aytgan. Shu bilan birga, u Armaniston (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi “tinchlikni saqlaydigan va o‘z mandatini bajarayotgan” Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mehnatini yuksak qadrlashini ta’kidlagan. Bungacha respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston hozirgi sharoitda 2023 yilda o‘z hududida KXSHT mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqchi emasligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi