Pashinyan KXSHT va Armaniston orasiga nega sovuqchilik tushib qolganini aytdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)  respublikadagi o‘z mas’uliyat zonasini belgilashdan bosh tortmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 15 noyabr kuni mamlakat parlamentida so‘z ochdi.  

“Eng katta fundamental muammo shundaki, KXSHT, aslida, Armanistonda o‘z mas’uliyat zonasini belgilashdan bosh tortmoqda. Agar biz bu shartlar asosida KXSHT tadbirlarida indamay qatnashsak, Armanistonning hududiy yaxlitligi va suvereniteti shubha ostiga olinadigan mantiqqa qo‘shilgan bo‘lamiz. Biz o‘zimizga ham, KXSHTga ham o‘ylab ko‘rish uchun vaqt beryapmiz”, deydi Bosh vazir.

Parlament majlisida muxolifatchi deputat Pashinyandan KXSHTdan chiqish uchun ehtimoliy tayyorgarlik haqida ham so‘ragan.

"Biz turli sabablarga ko‘ra KXSHTning ushbu tadbirlarida qatnashmaslikka qaror qildik. Men hech narsaga zamin tayyorlamayman, bu zamin yo bor, yo yo‘q", degan Bosh vazir deputatning savoliga javoban.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoga telefon orqali 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan KXSHT yig‘ilishida qatnashmasligini ma’lum qilgandi. Bundan xabar topgan Kreml Pashinyanning bu qaroridan afsusda ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made