Pashinyan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining iste’fosini e’lon qildi
Olam
−
10 mart 2021
3619Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyan o‘z lavozimidan ozod qilinganini ma’lum qildi. Pashinyanning bayonoti Armaniston Hukumati saytida e’lon qilingan.
"2021 yil 10 martdan boshlab Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyan o‘z lavozimidan bo‘shatilgan deb hisoblanadi", deyilgan xabarda.
Bunga davlat rahbari Armen Sarkisyanning Bosh vazir taqdim etgan loyihani imzolamagani va Konstitutsiyaviy sudga "Harbiy xizmat va harbiy xizmatchining maqomi to‘g‘risida"gi qonunda belgilangan muddatlarda murojaat qilmagani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.
Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi.
LiveBarchasi