Parlament O‘ktam Barnoyev nomzodini tasdiqladi
Jamiyat
−
27 fevral 2020
13516Avvalroq, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga O‘ktam Barnoyev nomzodini ko‘rib chiqdi va tasdiqladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
“Qonunchilik palatasi yalpi majlisida O‘ktam Isayevich Barnoyevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi”, degan deputat.
Endilikda O‘zbekiston Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘ktam Barnoyevni lavozimga tayinlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi tarkibida bir nechta rahbarlik lavozimlarida kadrlar o‘zgarishi yuz bergandi.
LiveBarchasi