O‘ktam Barnoyevning ukasi Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi
Jamiyat
−
08 noyabr 2020
11727Umedjon Isoyevich Barnoyev Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Umedjon Barnoyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.
Umedjon Barnoyev — 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti- oliy. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqshunos.
Yosh mutaxassis sifatida mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi (2004−2013), “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018) sifatida ishlagan.
2018−2020 yillarda esa “Safari Vogue” innovatsion turizm klasteri direktor o‘rinbosari, 202 yildan mazkur MCHJning bosh direktori lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr