Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2020
23160Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida vafot etdi.
O‘ktam Barnoyev 1964 yilda tug‘ilgan. U 1997—2000 yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2000—2002 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2002—2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004—2005 yillarda hukumatning Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005—2007 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, 2007—2008 yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari, 2008—2010 yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2011—2016 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i, 2016 yilda “O‘zagrokimyo” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. U 2016 yil dekabridan 2020 yil 28 fevraligacha Buxoro viloyatiga hokimlik bo‘lgan.
2020 yil fevral oyi oxirida Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘ktam Barnoyevda ham koronavirus aniqlangandi. Bu haqda jamoatchilikka 30 iyulda ma’lum qilingandi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr