Qo‘chqorov Bosh vazirning kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatida rokirovkalar kuzatilgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov lavozimini tark etgandi. 

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jamshid Anvarovich Qo‘chqorovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Timur Ishmetov esa Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Omonullo Nasriddinxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov Timur Ishmetov

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing