Parij sudi Pavel Durovni so‘roq qildi

Olam

image

Kecha, 6 dekabr kuni Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya poytaxti Parij shahrida birinchi marta tergov sudyasi tomonidan so‘roq qilindi. Bu haqda “Pravda” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Durovning so‘roq qilinishidan maqsad Telegram’ning jinoiy harakatlarga aloqadorligini tekshirish bo‘lgan. Uning advokatlari Dovid-Olive Kaminski va Kristof Ingrain bilan soat 10:00 atrofida Parij sudiga kelgan Pavel Durov hech qanday izoh bermagan.

“Men Fransiya adolatiga ishonaman”, degan xolos Durov.

Devid-Olive Kaminski o‘z mijozi Telegram orqali sodir etilgan jinoyatlarga “qo‘shilgan” deb o‘ylashni “absurd” deb atagan.

Ma’lumot uchun, rossiyalik tadbirkor va dasturchi Pavel Valerevich Durov Sent-Kits va Nevis, BAA va Fransiya davlatlari fuqarosi hisoblanadi. U terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, Telegram’dagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar bilan hibsga olingandi.

Eslatib o‘tamiz, Telegram asoschisi va bosh direktori joriy yilning 24 avgust kuni oqshom Le Burje aeroportida hibsga olingandi. Keyinroq Durovning Fransiyadagi hibsda qolish muddati uzaytirilgani haqida xabar berildi.  28 avgust kuni Durov Parij sudiga olib borilgan va sudya uni dastlabki so‘roq qilish va ehtimoliy ayblovlar uchun politsiya hibsxonasida ushlab turishni to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, u 5 million yevro garov evaziga ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram Durov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing