Parij Olimpiadasi medallari sifatsizligi aniqlandi (foto)

Sport

image

Parij Olimpiadasi-2024 ishtirokchilari 100 dan ortiq medalni yaltiroq yuzasi o‘chib ketayotgani sabab qaytarib berdi. Bu haqda “Sportstar” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parijdagi zarbxonalarda medallarni tayyorlashda eng sifatsiz lokdan foydalangani qayd etilgan. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi esa bu vaziyatga munosabat bildirdi.

“Parij-2024 Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi medallar bo‘yicha har qanday e’tirozlarni qabul qiladi va vaziyatga yechim topadi. Medallarni tayyorlash va sifatini nazorat qilish Fransiya davlat zarbxonasi, ya’ni “Monnaie de Paris” javobgar. Har qanday zararni qoplaymiz va sifatsiz deb e’tiroz bildirgan sportchilarning medallari sifatlisi bilan almashtirib berilishi kafolatlanadi”, deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, eskirgan bronza medallari bo‘yicha dastlabki shikoyatlar o‘tgan yilning avgust oyidayoq kela boshlagan. Oqibatda Parij zarbxonasining ishlab chiqarish va sifat uchun mas’ul bo‘lgan bir necha xodimlari ishdan bo‘shatilgan. 

Shu bilan birga, amerikalik skeytbordchi Naydja Xyuston skeytbording musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. O‘n kundan keyin u o‘z medalining rasmini ijtimoiy tarmoqqa joylab, uning sifati haqida shikoyat qilgan. 

Shuningdek, medallar Yevropa Ittifoqida qo‘llanilishi cheklangan xrom oksidi bilan qoplangani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilning 26 iyulidan 26 avgustiga qadar Fransiya poytaxti Parij shahrida Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda 200 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar 32 ta sport turi bo‘yicha medallar uchun kurash olib bordi. Parij-2024 uchun 5 084 ta oltin, kumush va bronza medallari “Monnaie de Paris” tomonidan ishlab chiqarilgan. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 19 ta sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya bo‘yicha bahslarga kirishib, musobaqa yakunlariga ko‘ra, 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida Vengriya, Ispaniya, Braziliya va boshqa ko‘pgina nomdor mamlakatlarni ortda qoldirib, 13-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi Medallar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing