Parij-2024: O‘zbekistonlik kurashchi bronza medal uchun bahsda imkoniyatni boy berdi
Sport
−
07 avgust
4971Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olimpiada o‘yinlarida -77 kg vaznda ishtirok etayotgan Aram Vardanyan 3-o‘rin uchun bellashuvda gilamga chiqdi.
Vardanyan 2021 yilgi jahon chempioni, armanistonlik Malxas Amoyan bilan kurashib, 1 ochko farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi va Olimpiadani 5-pog‘onada yakunladi.
Bugungi kun dasturida yana bir O‘zbekiston vakili Rustam Assakalov bronza medali uchun gilamga chiqadi. -97 kg vaznda Assakalovga kubalik Gabriel Kindelan raqiblik qiladi.
LiveBarchasi