Parij-2024: O‘zbekistonlik hakamlar mezbonlar ishtirokidagi o‘yinni boshqarib boradi
Sport
−
27 iyul
5185O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev Olimpiada o‘yinlari guruh bosqichi doirasidagi bahsda ish olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tantashev boshchiligidagi brigada mezbon Fransiya va Gvineya o‘rtasidagi o‘yinda ishlaydi. Tantashev qanotlarda hamyurtlari Andrey Sapenko va Temur Gaynullin yordam beradi.
“A” guruhidan o‘rin olgan Fransiya 1-turda AQSH vakillarini mag‘lub etgandi. Agar “uch ranglilar” Gvineyaga qarshi uchrashuvda raqiblarini mag‘lub etsa, muddatidan avval chorak finalga chiqadi.
Mazkur bahs 28 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2-tur doirasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi