Parij-2024: Bugun Bahodir Jalolov yarim final jangida qatnashadi

Sport

image

Olimpiada o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 sport turida 5 nafar atlet bilan qatnashadi.

Yunon-rum kurashida -77 kg vaznda Aram Vardanyan hamda -97 kg da Rustam Assakalov Parij-2024 medallari uchun kurashni davom ettiradi. Ularni chorak finalda mag‘lub etgan raqiblar final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, har ikki polvon bugun bronza medali uchun o‘tish bosqichida gilamga chiqadi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida 500 metr masofada Yekaterina Shubina, 1000 metrda Shahriyor Mahkamov o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Kun dasturida o‘zbekistonlik sportchilarning chiqishlarini boks bahslarida +92 kg vaznda Bahodir Jalolov yakunlab beradi. Toshkent vaqti bilan 8 avgustga o‘tar kechasi taxminan 1:00 da Bahodir Jalolov Olimpiya o‘yinlarining final yo‘llanmasi uchun germaniyalik Nelvi Tiafak bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Olimpiada finaliga chiqqani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Parij-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing