O‘zbekistonlik bokschilar Olimpiadada 3 ta kumush medalni naqd qildi
Sport
−
07 avgust 2024 18754 1 daqiqa
Parij shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks bahslari tobora o‘z poyoniga yetmoqda. Hozirga kelib 3 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Olimpiada finaliga chiqishni uddaladi.
-51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov, -92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov Parij Olimpiya o‘yinlarining oltin medali uchun ringga chiqadi.
6 avgust kungi dasturda esa -71 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final yo‘llanmasiga ega chiqdi. U final yo‘lida AQSH vakili Omari Jonesni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Qayd etish joiz, yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov Olimpiya o‘yinlarining yarim final janglarida ishtirok etadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust