Paraosiyo o‘yinlari: ikki o‘zbekistonlik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 4 dekabr kuni Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar o‘z ishtirokini davom ettirmoqda. 

Para yengil atletikaning disk uloqtirish turi bo‘yicha “F 41” klassida qizlar o‘rtasida bahslarda o‘zbekistonlik Nigina Husanova oltin,  Kubaro Hakimova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Husanova 21.80 metr,  Hakimova esa 16.56 metr natija qayd etgan holda shohsupadan joy oldi.

Shuningdek, para suzishning S8 klassida erkaklar o‘rtasida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha bahslar 1:27:75 daqiqada marraga yetib kelgan Azizbek Boynazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 noyabr kuni o‘tgan bullashuvlarda ham ushbu uch nafar spotchi shohsupadan joy olgan edi. Para yengil atletikaning qizlar o‘rtasidagi “F 41” klassida yadro uloqtirish turi bo‘yicha Kubaro Hakimova 8.38 metr ko‘rsatkich bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan, Nigina Husanova esa 7.39 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi. 

200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha “S 8” klassida ham Azizbek Boynazarov chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 4 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Paraosiyo o'yinlari Kubaro Hakimova Nigina Husanova Azizbek Boynazarov

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing