Paralimpiada: ertaga 8 nafar o‘zbekistonlik sportchi medallar uchun kurash olib boradi
Sport
−
26 avgust 2021
6749Ertaga, 27 avgust kuni XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 8 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishadi.
Toshkent vaqti bilan soat 05:30 dan boshlab para yengil atletikaning uzunlikka sakrash turida (T11 klass) Asila Mirzayorova, disk uloqtirish turida (F55 klassi) Nurxon Qurbonova medallar uchun kurashda ishtirok etadi.
Soat 06:30 dan boshlab para dzyudo bellashuvlariga start beriladi. Erkaklar o‘rtasida 60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov va 66 kg vaznda Uchqun Quronboyev bahs olib boradi.
Soat 06:45 da ayollar o‘rtasida (S13 klass) 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha Shohsanamxon Toshpo‘latova saralash bosqichida ishtirok etadi.
Soat 07:10 da para akademik eshkak eshish turida Otabek Qo‘chqorov hamda Feruza Bo‘riboyeva (PR2 mix 2X klass) 2 000 metr masofada bahslarga kirishadi.
Soat 07:45 da ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha (T37 klass) saralashda Sabina Suxanova ishtirokini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Tokioda O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi shu vaqtga qadar bitta bronza medaliga ega chiqdi. 100 metr masofaga batterflay usulida suzish bo‘yicha Islom Aslanov 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi