Paralimpiada-2024: O‘zbekiston hisobidagi medallar soni yana bittaga ko‘paydi

Sport

image

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para dzyudo bahslarida o‘zbekistonlik Dovurxon Karomatov uchinchi o‘ringa egalik qilish uchun tatamiga chiqdi.

Musobaqada erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida bronza medal uchun kurash olib borgan Dovurxon Karomatov gruziyalik Lasha Kizilashvilini mag‘lubiyatga uchratdi va delegatsiya hisobiga 7-bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 26 ta – 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronzaga yetdi. Umumjamoa hisobda 11-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, bu Dovurxon Karomatovning faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya medali hisoblanadi. U bundan avval 2020 yilgi Tokio Paralimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiada o‘yinlarining para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Ro‘za Qo‘ziyeva 147 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medalga sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiada Dovurxon Karomatov bronza medal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made