Para suzish: Islam Aslanov uchun Paralimpiada yakunlandi

Sport

image

Bugun, 29 avgust kuni o‘zbekistonlik Islam Aslanov para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida (S13 klass) 50 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida ishtirok etib, so‘nggi soniyalarda imkoniyatni boy berdi.

Aslanov medallar uchun kechgan murosasiz kurashda 23,85 soniya natija bilan 4-o‘rinni egalladi. U 3-o‘rindagi ukrainalik raqibidan 0.2 soniyaga kech qoldi. Shu tariqa u Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni Islam Aslanov keltirgan edi. U 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, Aslanov saralash bosqichida 23,90 soniya vaqt bilan o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, final bosqichiga yo‘l olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiada Islam Aslanov Para suzish

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing