Panjsherdagi voqealarga kim sabab bo‘lgani aytildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonning “Tolibon” hokimiyatiga bo‘ysunmay kelayotgan Panjsherdagi voqealar bu tarzda rivojlanishiga viloyatda josus borligi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Afg‘oniston Islom partiyasi” yetakchisi Gulbiddin Hikmatyorning tegishli bayonotiga asoslanib xabar berilgan.

Hikmatyorning fikriga ko‘ra, Panjsherdagi qurol-yarog‘ va texnika zaxiralari shu qadar katta bo‘lgan-ki, ular butun mamlakat uchun yetarli bo‘lardi.

Ta’kidlanishicha, hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi Afg‘oniston hukumati bir partiyali bo‘lishi kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilning 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar Afg‘onistonni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati hokimiyatni egalladi. Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSHga hamkor hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi.

Hozirgacha Afg‘onistonda “Tolibon” bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashib kelayotgandi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib bordi. Biroq, qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud qo‘lga olinmagan. Hududdagi qarshilik harakatlari hamon davom etayotgani aytilmoqda.

Bu orada OAVda Ahmad Mas’ud mamlakatni tark etgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroz o‘tib esa ular rad etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Panjsher

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing