“Tolibon” Panjsherni egallagach, Ahmad Mas’ud Afg‘onistondan qochdimi?

Olam

image
Shimoliy qo‘shnilarimizni terroristik davlatni tan olishga shoshmaslikka chaqiraman – Do‘stum north_east

Shimoliy qo‘shnilarimizni terroristik davlatni tan olishga shoshmaslikka chaqiraman – Do‘stum

Afg‘oniston muxolifatining yetakchisi Ahmad Mas’ud mamlakatni tark etmagan. Bu haqda “Fors News” Ma’sud bilan yaqin aloqada bo‘lgan Qosim Muhammadiyga asoslanib, xabar berdi.

Qosim Muhammadiyga ko‘ra Panjsherning 70 foiz asosiy ko‘cha va dovonlari toliblar nazoratiga o‘tgan.

“So‘nggi kunlarda toliblar Panjsherga kirdi va endilikda 70 foiz asosiy yo‘llar ularning nazoratida, ammo Panjsher vodiylari hamon xalq kuchlarining to‘liq nazoratida “, degan Qosim Muhammadiy.

U toliblar Panjsherga kirganidan so‘ng, pokiston harbiylari ularga yordam kelganini qo‘shimcha qilgan. Muhammadiy beshta: “Tolibon”, “Haqqoniy tarmog‘i”, “Al-Qoida” va ISHID a’zolaridan iborat 40 ming jangari viloyatga kirganini ta’kidlagan.

“Hozir bu urush xorijdan moliyalashtirilyapti, Pokiston va Qatar “Tolibon”ga moddiy yordam ko‘rsatyapti. Mintaqa davlatlari va dunyo buni tushunadi, deya umid qilamiz”, degan Muhammadiy ko‘plab oilalar o‘z uylarini tark etganini ta’kidlab.

Ahmad Mas’ud Afg‘onistonni tark etgani haqidagi OAVda tarqalgan xabarlarga javoban u: “U xavfsiz joyda va Afg‘onistonni tark etib, Turkiya yoki boshqa davlatga ketgani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mas’ud Panjsher vodiysi bilan aloqada”, degan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistondagi qarshilik kuchlarining so‘nggi qal’asi Panjsherni egallaganini e’lon qildi. Biroq, Milliy qarshilik fronti bu ma’lumotni rad etdi. Biroz o‘tib esa toliblar viloyatning bir qancha hududini nazoratga olgani ma’lum bo‘ldi.

Shundan beri qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Panjsher Ahmad Mas'ud

Baholaganlar

929

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing