Shimoliy qo‘shnilarimizni terroristik davlatni tan olishga shoshmaslikka chaqiraman – Do‘stum

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonning eng obro‘li shaxslaridan biri marshal Abdul Rashid Do‘stum dunyo hamjamiyatini “Tolibon” harakati tuzgan Afg‘oniston hukumatini tan olishdan bosh tortishga chaqirdi.  

“Men xalqaro hamjamiyatni va barcha qo‘shnilarimizni, ayniqsa shimoliy va shimoli-g‘arbiy qo‘shnilarimizni Afg‘onistondagi terroristik davlatni tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman, bu davlat "kabineti" tan olingan global terrorchilardan iborat”, degan Do‘stum. 

Afg‘oniston milliy islomiy harakati partiyasi rahbari Do‘stum Birlashgan Millatlar Tashkilotidan Panjsherdagi vaziyat bo‘yicha “sukut saqlamaslikni” va viloyat aholisiga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatishni boshlashni so‘ragan. 

“Men BMTdan sukunatni buzishni so‘rayman. Agar Panjsherga gumanitar yordam yetib bormasa, falokat kelishi muqarrar”, deya ogohlantirgan Do‘stum. 

U “qora ro‘yxatdagi terrorchilar”dan Panjsherda etnik tozalash va genotsidni to‘xtatishni, vodiy eshiklarini ochishni va ommaviy axborot vositalariga vaziyatni yoritishga ruxsat berishni talab qilgan. 

Avvalroq, toliblar Afg‘onistonning Panjsher viloyatidan minglab odamlarni chiqarib yuborgani va u yerda etnik tozalash ishlarini olib borayotgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Panjsher Afg‘onistoning sharqida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 150 ming aholi yashaydi. Qayd etish kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan tashkil topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Do'stum

Baholaganlar

789

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing