Alisher Usmonov ehtiyojmand o‘zbekistonliklarga 2,5 mlrd so‘m ajratdi

Jamiyat

image

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1000 ta oilaga jami 2,5 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Marhamat tumanidagi 48 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida jami 1000 ta oila ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan bo‘lib ularning har biriga taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam mablag‘lari yo‘naltirilgan bank kartalari “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Marhamat filiali xodimlari, tuman hokimligi vakillari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda yetkazib berildi.

“Bugungi sinovli kunlarda ko‘rsatilayotgan bunday yordamlar biz uchun ertangi kunimizga ishonch va farzandlarimiz kelajagi uchun o‘zimiz ham harakat qilishimizga undaydi. Savobli ishlarni tashkil etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, degan fuqaro Qimmatxon Dehqonova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 25 mln dollar, keyinroq Sardoba talofatidan jabr ko‘rgan O‘zbekiston va Qozog‘iston aholisi uchun 15 million dollar ajratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing