Toshkentda Soliq qo‘mitasiga qarashli markaz xodimida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
23 may 2020
14195Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda DSQ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID-19 ga test topshirmoqda.
Ta’kidlanishicha, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda:
• qo‘mita binosiga kirganda barcha xodimlar harorati o‘lchanadi;
• binoning ichida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya holati ta’minlangan;
• har bir qavatda antiseptik vositalar mavjud;
• barcha xodimlar tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3089 kishida koronavirus aniqlangan. Bugungacha bemorlarning 2525 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.
Avvalroq, Toshkentdagi "O‘rikzor" savdo majmuasidagi sotuvchilardan birida koronavirus aniqlangani va bozor karantinga yopilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi