Deputat o‘ta himoyalangan, prokuratura esa marhumaning nomini bulg‘ayapti – Qodirovaning advokati

Jamiyat

image
Nodira Qodirova ishi parlamentgacha bordi. Muxolif deputat vazirga so‘rov yubordi north_east

Nodira Qodirova ishi parlamentgacha bordi. Muxolif deputat vazirga so‘rov yubordi

Deputatning uyida ishlayotgan o‘zbekistonlik o‘z joniga qasd qildi. Suiqasd OAVdan yashirilyapti north_east

Deputatning uyida ishlayotgan o‘zbekistonlik o‘z joniga qasd qildi. Suiqasd OAVdan yashirilyapti

23 yashar Nodira Qodirovaning vafoti bilan bog‘liq voqealar yanada chigal tus olmoqda. Avvaliga u o‘z joniga qasd qilgani iddao qilindi. Keyinroq, u fohishalikda gumonlandi. Ayni vaqtda jablanuvchining advokati sifatida tayinlangan Bolalar va ayollar uyushmasi rahbari Mujde Tozbey Erden bir necha gumonlarini OAV bilan bo‘lishdi. 

Uning qayd etishicha, Nodira Qodirovaning o‘limi juda shubhali va bu voqeada “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unal o‘ta himoyalangan. Advokat prokuratura ish yuzasidan tergov olib borish o‘rniga, Nodiraning fohishalik bilan shug‘ullangani yoki yo‘qligini surishtirish bilan band bo‘lganini tanqid qildi:

“Nodiraning fohishalik bilan shug‘ullanganmi yoki yo‘qmi, buni so‘rab, surishtirish tergov jarayonida marhumaning nomini bulg‘ash uchun qilingan harakatdir. Bu tergov yo‘nalishini o‘zgartirish va o‘zini oqlash uchun imkoniyat hozirlash demakdir”.

Ma’lumotlarga qaraganda, marhumaning oilasi bir hafta davomida advokatga murojaat qilmagan, hatto, bundan qo‘rqqani sabab himoyalanishni istamagan. Ish advokat Tozbeyning qo‘liga o‘tgandan keyin, u voqealar xronologiyasini diqqat bilan o‘rganib chiqqan. 

“Nodiraning o‘z joniga qasd qilishi, bir kun avval dugonasiga jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida aytgani, Anqara prokuraturasining ikki kun ichida sud tibbiy ekspertizasini zudlik bilan tayyorlab, marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborishi, uzoq vaqt talab etadigan byurokratik ishlarning ikki kunda hal etilishi, uning o‘z joniga qasd qilgani haqida ma’lumotlar tarqatilishi Nodira Qodirovaning vafoti shubhali ekanini tasdiqlamoqda”, deydi advokat. 

Advokat o‘z murojaatida prokuraturadan Nodiraga oid axborotlarni tekshirish, uni yaqindan tanigan-bilgan, qolaversa, Shirin Unalning uyida ishlagan boshqa xizmatchilar bilan so‘roq o‘tkazishni talab qilgan. 

“Agar Nodira fohishaga bo‘lgan taqdirda ham, bu boshqalarning muammosi emas. Fohishaning o‘ldirilishi va jinsiy zo‘ravonlikka uchrashining bir-biriga aloqasi yo‘q. Qolaversa, Nodira Qodirovaning dugonasiga “endi akamning yuziga qanday qarayman”, deb yig‘lashi, jinsiy zo‘ravonlik va jinsiy munosabatlarni avvallari boshidan kechirmaganini ko‘rsatadigan asosiy dalildir. Nodiraning nomini bulg‘asholmaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi advokat. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib qo‘ygandi. 

Shirin Unalning uyida ikki o‘zbek ayoli oqsoch bo‘lib ishlagan. Nodira asosan genaralning doimiy e’tiborga muhtoj rafiqasiga yordamchi bo‘lgan. Marhumaning jasadi joriy yilning 25 sentyabr kuni O‘zbekistonga olib kelindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nodira Qodirova

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing