Ozarbayjondagi aeroport harbiy holat tufayli ish rejimini chekladi

Olam

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahridagi "Haydar Aliyev" nomidagi Xalqaro aeroport mamlakatda joriy etilgan harbiy holat tufayli ish rejimini chekladi. Bu haqda aeroport Matbuot xizmatida ma’lum qilindi.

"Ozarbayjon hududida harbiy holat joriy etilishi munosabati bilan aeroport vaqtincha cheklangan ish rejimiga o‘tadi", deyilgan agentlik xabarida. 

Ta’kidlanishicha, 30 sentyabrga qadar, Baku - Naxichevan - Boku yo‘nalishi bo‘yicha Ozarbayjon avialiniyalarining barcha reyslari to‘xtatildi. Shuningdek, 1 va 2 oktyabr kunlariga belgilangan Boku - London - Baku va Baku - Berlin - Baku yo‘nalishidagi reyslar ham bekor qilingan. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi Baku xalqaro aeroporti

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing