Ozarbayjonda Rossiya-Turkiya kuzatuv markazi ish boshladi
Olam
−
30 yanvar 2021
2881Bugun, 30 yanvar kuni Ozarbayjonda Rossiya-Turkiya kuzatuv markazi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari, polkovnik Vagif Dargyaxli ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu markaz 2020 yilning noyabrida Baku nazorati ostiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ning Ag‘dam viloyatida joylashgan.
Dargyaxlining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Turkiya harbiylari ushbu markazga allaqachon yetib kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil sentyabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qayta boshlandi, bu 1988 yilda boshlangan mojaroning davomi bo‘ldi. Yangi to‘qnashuv tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi.
Sulh bitimini tuzishga bo‘lgan bir necha urinishlardan so‘ng, 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 10 noyabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ viloyatiga yuborildi. Armaniston fuqarolari shartnomani imzolashni taslim bo‘lish deb qabul qildi, shu munosabat bilan Yerevanda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Shartnomaga muvofiq, Ag‘dam viloyati 20 noyabrda, Kalbajar viloyati 15 noyabrda, Lochin viloyati 1 dekabrda Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tdi.
LiveBarchasi