Ozarbayjonda qisman safarbarlik e’lon qilindi
Olam
−
28 Sentabr 2020
10054Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, mamlakat Qurolli Kuchlari Oliy qo‘mondoni Ilhom Aliyev bugun, 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 25-bandiga mamlakatda qisman safarbarlik e’lon qilinadi.
Unga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasining safarbarlik va chaqiruv bo‘yicha davlat xizmati tasdiqlangan rejalarga muvofiq harbiy xizmatni safarbarlik uchun chaqirilishini va harbiy xizmatdan kelib chiqadigan tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 sentyabr kuni Prezident Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga binoan, harbiy holat paytida Baku, Ganja, Sumgayit, Yovlax, Mingachevir, Naftalan shaharlarida, Absheron, Jabrayil, Fizuli, Beylagan, Og‘dam, Tertar, Goygol, Dashkasan, Gadabay, Tovuz, Shamkir, Gozax va Agstafa rayonlarida soat 21:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati e’lon qilindi.
Komendantlik soati paytida odamlarning shaxsiy guvohnoma va maxsus hujjatlarsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.
Avtotransport vositalari harakati uchun maxsus choralar ko‘riladi.
Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.
Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.
Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.
LiveBarchasi