Ozarbayjon Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha Rossiyaga raqobatchi bo‘ldi

Olam

image

Ozarboyjonning SOCAR davlat kompaniyasi Transadriatika quvuri orqali Yevropaga gazni tijoriy yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Ozarboyjon Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Janubiy gaz yo‘lagining strategik maqsadiga erishildi”, deyilgan xabarda.

Kaspiydagi Shoh Dengiz konini boshqaruvchi SOCAR va Buyuk Britaniyaning BP kompaniyalari qo‘shma bayonotda gaz Italiya, Gretsiya va Bolgariyaning gaz taqsimlash tizimlariga yetib borganini ta’kidlagan.

25 yil davomida Yevropa mamlakatlariga yiliga 10 mlrd kub metrdan ortiq Ozarboyjon gazi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, 8 mlrd kub m. gaz Italiyaga va 1 mlrd kub metrdan Gretsiya va Bolgariyaga yetkazib beriladi.

Ozarbayjon Energetika vazirligining ta’kidlanishicha, Kaspiy gazini Yevropaga yetkazib berishni boshlash Janubiy gaz yo‘lagini AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi natijasi bo‘lib, “global energiya xavfsizligi tizimini mustahkamlash” maqsadiga xizmat qiladi.

“Yevropa Ittifoqi bir necha yildan buyon Rossiyaga qaramligini qisqartirish ustida ish olib bordi”, deya ta’kidlagan “Bloomberg”.

Agentlik kelajakda Ozarbayjon Yevropaning boshqa davlatlariga ham gaz yetkazib berishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.

Janubiy gaz yo‘lagini qurishga yetti yil vaqt va 33 mlrd dollar mablag‘ sarflangan. Loyiha Shoh Dengiz koni va Kasbiy dengizini Gruzi ham Turkiya orqali Yevropa bilan bog‘laydigan 3200 km dan ortiq quvurlarni birlashtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Evropa

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing