Ozarbayjon O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 sentyabr kuni “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzolagani, bu asosida O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekistonning 10 yil deganda mazkur Kengashga qo‘shilishi va ushbu tarixiy hujjatni qabul qilishi Kengashga a’zo davlatlar tomonidan olqishlanmoqda. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (Turk kengashi)ga a’zo bo‘lib kirishiga doir bayonot berdi.

Bayonotda shunday deyiladi:

“O‘zbekistonning 2019 yil 14 sentyabrga to‘g‘ri kelgan Naxichevan kelishuvi ratifikatsiyasining yakunlashi turkiy tilli davlatlar birdamligini mustahkamlashda navbatdagi muhim voqea bo‘ldi. Shuningdek, yana bir turkiy tilli davlat – O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror e’lon qilindi, kengash 2009 yilda Naxichevan kelishuviga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, hamon Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya uning a’zolari hisoblanadi. Qardosh O‘zbekistonni bu qaror bilan qutlaymiz.

O‘zbekiston Respublikasining Turk Kengashida o‘zini taqdim etish qarori bizning ko‘p asrlik chuqur ildizlarga asoslangan madaniy va tarixiy qardoshligimizni yanada rivojlantirish, zamon talablariga muvofiq turkiy tilli davlatlar manfaati, farovonligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonning Turk Kengashiga qo‘shilishi haqidagi tarixiy qarorning Naxichevan kelishuvi imzolanishining 10 yillik sanasiga to‘g‘ri kelishida Ozarbayjon Respublikasi uchun alohida ramziy ma’no bor. Shu yilning 15 oktyabr kuni Bakuda bo‘lib o‘tadigan Turk Kengashining 7-sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi qardosh O‘zbekiston delegatsiyasini qarshi olish ko‘ngilli xushxabar va ulkan sharafdir”.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing