Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi muhokama qilindi

Jamiyat

image

Ma’lumki, O‘zbekiston joriy yilning 14 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘ldi. Joriy yilning 15 oktyabr kuni Ozarbayjonning Baku shahrida ushbu Kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining 7-sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Huseyn Guliyev bilan tashrif Ozarbayjonga tashrif masalalarini muhokama qildi. 

Muloqot chog‘ida Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK) majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Ta’kidlanganidek,  2009 yil 3 oktyabr kuni imzolangan TTDHKni tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi mamlakatlarga ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. 

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Ozarbayjon tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Baku Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing