Ozarbayjon Turkiya bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazyapti. Aliyev buni favqulodda holatga yo‘ymaslikka chaqirdi

Olam

image

Ozarbayjon va Armaniston qurolli kuchlari qo‘shma harbiy mashqlarni olib bormoqda. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bundan boshqa ma’no yoki favqulodda holat qidirmaslik, ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida hamkorlikdagi bunday mashqlar har yili o‘nlab o‘tkazilishi haqida gapirdi. U bunga Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Yashar Guler va Qurolli kuchlar qo‘mondoni, armiya generali Umit Dundar bilan uchrashuvda to‘xtalgan. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskin tus olib bormoqda. Joriy yilning 12-16 iyul kunlari ikka mamlakat harbiylari o‘rtasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv keskinlikni yanada oshirdi. Qurolli to‘qnashuv natijasida Ozarbayjon Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari va bir nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi. 

Ilhom Aliyev turkiyalik Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Yashar Guler va Qurolli kuchlar qo‘mondoni, armiya generali Umit Dundar bilan muloqotda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi bugungi holat haqida ham so‘z ochgan. 

“Bir oy oldin, Armaniston qurolli kuchlarining Ozarbayjonga qarshi yana bir hujumi natijasida, askarlar va bir tinch aholi halok bo‘ldi, bu Armanistonning Ozarbayjonga qarshi agressiv siyosati davom etayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Turkiya bizni qo‘llab-quvvatlagan birinchi va aniq mamlakat edi”, deydi Aliyev. 

U so‘zi davom etarkan, harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan mashqlar ikki mamlakat birodarligini o‘zida ifoda etadi. 

“Ushbu mashqlar harbiy hamkorlik nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega, shu bilan birga ular odamlar o‘rtasidagi aloqalarni, millatlar o‘rtasidagi qardoshlikni mustahkamlashda juda muhim va foydalidir. Bu an’ana. Ma’lumki, har yili Ozarbayjonda ham, Turkiyada ham 10 dan ortiq qo‘shma mashqlar o‘tkaziladi. Shuning uchun bu  odatiy holdir. Men bu yerda biron bir favqulodda vaziyatni izlashga hojat yo‘q, deb hisoblayman. Biz ham ushbu mashqlarning ba’zi mamlakatlarda tashvish tug‘dirayotganiga guvohmiz. Ammo bunga hech qanday sabab yo‘q”, deydi Prezident. 

O‘z navbatida Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya davlat va 83 millionlik xalq Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirgan. U bunda harbiy sohadagi imkoniyatlar va hamkorlikni ham nazarda tutgan. 

“Biz nafaqat mamlakatlarimiz xavfsizligi, balki butun Kavkazda, butun mintaqada tinchlik va osoyishtalik tarafdorimiz. Boshqa tomondan, hamma o‘z huquq va manfaatlarimizning buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimizni bilishini istaymiz va ularni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘ramiz”, degan vazir. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiya Prezident Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, rasmiy Moskva Armanistonga qurol-yaroq yetkazib berayotganidan xavotirda ekanini aytgandi. 

Ma’lumot uchun, ikki davlat chegarasidagi vaziyat 12 iyul kuni keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Hozirgacha rasmiy Baku 12 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 jarohatlangan askar haqida ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing