Ozarbayjon samolyoti Rossiya tomonidan urib tushirilgan – OAV

Olam

image

Kecha, 25 dekabr kuni Ozarbayjon havo yo‘llarining 8432-reysi Aqtau shahri yaqinida favqulodda qo‘nish chog‘ida halokatga uchrashi oqibatida 38 yo‘lovchi vafot etgandi. Ushbu aviahalokat Rossiya tomonidan uchirilgan yer-havo sinfidagi raketa tufayli sodir bo‘lgan. Bu haqda Ozarbayjon hukumati manbalariga tayanib, “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu raketa Grozniy osmonida samolyot faoliyati paytida uchirilgan va uning parchalari havo kemasi yaqinida portlab, samolyotga shikast yetkazgan.

Qayd etilishicha, samolyot ekipaji favqulodda qo‘nish uchun Rossiya aeroportlariga murojaat qilgan, ammo ularga ruxsat berilmagan va samolyot Qozog‘istonning Aqtau shahriga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, samolyot Kaspiy dengizi ustidan uchib o‘tganida uning GPS navigatsiya tizimi ishlamay qolgan.

Baku shahrida joylashgan xalqaro "AnewZ" nashri Ozarbayjon hukumatiga tayanib, samolyot  Pantsir-S havo mudofaa tizimidan raketa sabab qulaganini xabar qildi.

Rossiya manbalariga ko‘ra, halokat sodir bo‘lgan vaqtda Checheniston hududi ustida Rossiya havo mudofaa kuchlari Ukraina dronlarini yo‘q qilish bilan band bo‘lgan.

Checheniston Respublikasi Xavfsizlik Kengashi rahbari Xamzat Qodirov Grozniy ustida 25 dekabr kuni ertalab dron hujumi bo‘lganini tasdiqlagan, ammo hech qanday qurbonlar yoki zarar qayd etilmaganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon samolyot Aqtau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing