Ozarbayjon BRICS'ga qo‘shilish istagini bildirdi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi BRICS guruhiga qo‘shilish istagini bildirmoqda. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Sohiba Gafarova BRICS 10-parlament forumining yalpi majlisida so‘z ochdi.

“Ozarbayjon o‘zining tashqi siyosatida muloqot, hamkorlik va hamjihatlikni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Bu xalqaro platformalar doirasidagi faoliyatga taalluqlidir, xususan, Ozarbayjon BRICS'ga qo‘shilish istagini bildiryapti”, degan Gafarova.

Gafarova, shuningdek, xalqaro parlament platformalari doirasida samimiy muloqotlar tarafdoriligini bildirgan.

“Parlamentlar hamkorlikni rivojlantirishi, ko‘priklar qurishi, qarama-qarshilikka qarshi kurashishi kerak, masalan, Yevropa parlamentida bo‘lgani kabi, biz samimiy muloqotni rivojlantirishimiz kerak”, deydi u.

Bundan tashqari, Milliy Majlis raisi 11-12 iyul kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan ushbu BRICS parlament forumi hamkorlikning samarali platformasiga aylanishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, BRICS guruhi 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan va 2011 yilda unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya Federatsiyasi raislik qilmoqda. Joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida BRICS sammiti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo va Turkiya BRICS'ga qo‘shilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon BRICS Gafarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made