Oyga dafn etilgan yagona odam kim?

Bu qiziq

image

Odamlar odatda o‘zi yashab o‘tgan joyga dafn etishlarini vasiyat qiladi. Ammo Yujin Shumeyker oyga dafn etilgan yagona odam bo‘lishni afzal ko‘rdi. 

1928 yil 28 aprelda tug‘ilgan Shumeyker asli poyabzal ustasi bo‘lib ishlagan. Ammo keyinchalik u kosmonavtlarni tayyorlagan va yangi fanga asos solgan 20 asrning buyuk daholaridan biri sifatida tarixda qoldi. Uning kraterlarga zarba berish bo‘yicha ishi NASA`ning Apollon missiyalaridan tortib, dinozavrlarning yo‘q bo‘lib ketishi munozaralarigacha bo‘lgan hamma narsaga ta’sir qildi. Xususan, u Arizona shtatidagi 570 fut (173 metr) chuqurlikdagi mashhur Barringer krateri asteroid urilishi natijasida paydo bo‘lganini tasdiqlashga yordam bergan. Shuningdek, olim Oydagi ba’zi kraterlarning xaritasini tuzgan. Insoniyat bilimiga qo‘shgan hissasi uchun u 1992 yilda Jorj Bush tomonidan “Milliy fan” medali bilan taqdirlangan.

Poyabzal ustasi oyni uzoqdan o‘rganar, doim uning yuzasida yurishni orzu qilardi. Afsuski, u hech qachon bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan. Chunki unda Addison (buyrak usti bezi po‘stloq qavati faoliyatining buzilishi) kasalligi aniqlangan va bu uning kosmonavt bo‘lish umidini puchga chiqargan.

Olim 1997 yil 18 iyul kuni fojiali avtohalokatda vafot etgan. Shundan so‘ng uning shogirdi Kerolin Porko  NASA`ning Lunar Prospector kosmik kemasidan foydalanib, uning 1 unsiya (28 gramm) kulini Oyning janubiy qutbiga joylashtirdi. Bu Shumeykerni oyga dafn etilgan birinchi va yagona odamga aylantirdi.

Buning uchun Celestis kompaniyasi polikarbonat kapsula yasagan. U Barringer kraterining surati va “Romeo va Juletta” asaridan iqtibos tushirilgan mis lenta bilan bezalgan. Kosmik kema 1998 yil 6 yanvar kuni Florida shtatidagi Kanaveral burnidan uchirilgan. 

“Biz har doim oyga qaraganimizda Shumeyker borligini his qilamiz”, degan Kerolin ustozining dafni haqida gapirar ekan.


Maqola muallifi

Teglar

Oy Poyabzal krater odam dafn etilgan Shumeyker kosmonavt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing