Oybek Hamroyev Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2023
9676Oybek Ne’matovich Hamroyev Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Oybek Hamroyev 1984 yilda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tug‘ilgan.
2006 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2012 yilda Siyosiy tadqiqotlar instituti (Yaponiya, magistratura)ni tamomlagan.
2006 yildan buyon investitsiya vazirligida turli lavozimlarda ishlab kelgan, 2023 yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Samarqand viloyat hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida Oybek Mirzabekov ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi