OTMlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Jamiyat

image

2026/2027 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Jami: 155 852 ta.

Shundan:

  • o‘zbek tili – 130 843 ta;
  • rus tili – 19 341 ta;
  • qoraqalpoq tili – 4 888 ta;
  • qozoq tili – 335 ta;
  • tojik tili – 315 ta;
  • qirg‘iz tili – 75 ta;
  • turkman tili – 55 ta.

2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kechki ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Jami: 28 942 ta.

Shundan:

  • o‘zbek tili – 26 010 ta;
  • rus tili – 2 277 ta;
  • qoraqalpoq tili – 655 ta.

2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Jami: 20 810 ta.

Shundan:

  • o‘zbek tili – 18 543 ta;
  • rus tili – 1 800 ta;
  • qoraqalpoq tili – 467 ta.

2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining kunduzgi ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti:

  • Jami: 22 050 ta.

Davlat granti – 10 340 ta. Shundan:

  • o‘zbek tili – 9 009 ta;
  • rus tili – 1 331 ta.

Kontrakt – 11 710 ta. Shundan:

  • o‘zbek tili – 9 649 ta;
  • rus tili – 2 061 ta.

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;
  • Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida;
  • Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
  • Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari;
  • Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari;
  • Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari;
  • Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari;
  • Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
  • “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari;
  • O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari;
  • Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari;
  • Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti;
  • Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati;
  • Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari;
  • Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;
  • Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul;
  • 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni;
  • Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti;
  • Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;
  • Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va bu so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing