OTB va OIIB O‘zbekistonga 200 mln dollar qarz beradi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov videokonferensaloqa orqali Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida OTB Prezidenti O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish hamda jihozlash uchun 100 mln dollar miqdorida yangi kredit ajratilishini ma’lum qildi. Kredit joriy yilning avgust oyi boshida ma’qullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish uchun birgalikda moliyalashtirish asosida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (OIIB) 100 mln dollarlik mablag‘lari jalb etilishi ma’lum qilindi.

Muzokaralar yakunida OTB bilan amaldagi Hamkorlik dasturi doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish va 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan yangi Dastur bo‘yicha kelishish ishlarini boshlab yuborishga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit OTB OIIB

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing