OTB O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz berishni ma’qulladi

Jamiyat

image

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatga 100 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi.  

“O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirishda davom etmoqda, kichik va o‘rta korxonalar mamlakatda iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratishga salmoqli hissa qo‘shmoqda”, degan OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dastur OTBning O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlashiga asoslanadi va ushbu korxonalar uchun qulay muhitni yaxshilashga yordam beradi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes yalpi ichki mahsulotning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi hamda rasmiy va norasmiy ish o‘rinlarining uchdan ikki qismini ta’minlaydi. OTBning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturi ikkita kichik dasturdan iborat. 

Birinchi kichik dastur doirasida islohotlar kredit cheklovlarini boshdan kechirayotgan kichik va o‘rta biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish uchun mavjud moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilishni va ular olishi kerak bo‘lgan ruxsatnomalar va litsenziyalar sonini qisqartirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu va boshqa islohotlar, masalan, savdo xarajatlarini kamaytirish va raqamlashtirishni oshirish 13,5 mingga yaqin ish o‘rni yaratishga yordam berishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘lganidan beri bank mamlakat taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 milliard dollardan ortiq kreditlar, grantlar va texnik yordamlar ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

kredit OTB

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing