Otasi koronavirusdan vafot etgan rejissyor oilasi bilan sanatoriyga yotqizildi
Jamiyat
−
18 iyul 2020
16639Butun oilasi koronavirusga chalingan kinorejissyor Sarvar Karimov Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Nuroniy” sanatoriysiga joylashtirildi.
“Meni, akamni va singlimni Yunusoboddagi Nuroniy sanatoriysiga olib kelib joylashdi. 8 ta qavatga bitta infeksionist va ikkita terapevt bor ekan. Bechoralarning ahvoli biznikidan badtar”, deydi rejissyor.
Karimov sanatoriydagi sharoitlar haqida gapirib, shifokorlar, ukollar va zarur uskunalar yo‘qligini ham qo‘shib o‘tgan.
“Sabr qilishdan boshqa ilojimiz ham yo‘q”, deya so‘ziga yakun yasagan Sarvar Karimov.
Avvalroq, rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilib, rasmiylarning gaplariga ishonib bo‘lmasligini aytib chiqqandi.
LiveBarchasi